Samarqand davlat chet tillar instituti Erasmus+ va shu kabi bir qator xalqaro loyihalarda faol ishtirok etib kelmoqda. Barcha xalqaro loyihalar institutda ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlari ko‘lamining kengayishi hamda moddiy texnik bazani mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Joriy yilning 21-sentabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga Turkiyaning Hacettepe universiteti professorlari Hilal Onat va Ishil Guneylar Erasmus+ ICM loyihasi doirasida tashrif buyurishdi. Xorijlik professorlar hamda institut rektori I.Tuxtasinov, Ingliz tili-II fakulteti dekani O.Yusupovlar o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, kelgusida ingliz va turk tillarni o‘qitishni takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etish borasida fikr hamda takliflar almashinildi.
Uchrashuvdan so'ng I.Tuxtasinov mehmonlarni o‘zining tarjima asarlari bilan tanishtirib o'tdi.
Hacettepe universiteti professorlari Hilal Onat va Ishil Guneylar tomonidan 21-28 sentabr kunlari institutning Ingliz tili-I va Ingliz tili-II fakultetlari talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun seminar-treninglar va master-klass darslari tashkil etilishi rejalashtirildi.
SamDCHTI axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain







