Roman-german tillari fakultetida birinchi bosqich nemis tili yo‘nalishi (101 hamda 117-guruh) da ta’lim olayotgan talabalar tashabbusida o‘zlari o‘rganayotgan chet tilida Workshop ya’ni seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda. Unda asosan talabalar tomonidan tanishtiruv o‘yinlari, taqdimot qilish bo‘yicha maslahatlar va namunaviy taqdimotlar, guruhlarga bo‘lingan holda hozirgi kunda aktual bo‘lgan mavzularda kichik sahna ko‘rinishlari namoyish etilmoqda.
Seminar-trening davomida Samarqand davlat chet tillar institutida tashkil etilgan “O‘zbek tili va madaniyati, qadimiy va hamisha navqiron Samarqand” nomli yozgi kursda tahsil olib, o‘zbek tilini o‘rganayotgan Germaniyaning Humboldt universiteti va yana bir qator Yevropa universitetlaridan tashrif buyurgan xorijlik talabalar ham nafaqat yordam berishdi, balki fikr almashishdi va o‘zlari ham birgalikda ishtirok etishdi!
Mazkur muloqot jarayonlari xorijiy tillarni o‘rganayotgan talaba-yoshlarimizning yanada tilni mukammal o‘rganishlariga bo‘lgan intilishini oshiradi.
Ushbu Workshoplar endilikda har hafta turli xil mavzularda bo‘lib o‘tadi!
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain






