Har yili 21-oktabr kuni mamlakatimizda til bayrami sifatida kеng nishonlanishi an’anaga aylanib qolgan. Chunki mamlakatimizda ona tilimizni yanada rivojlantirish va takomillashtirish, uning milliy ruhini oshirish, madaniyat va san’atni yuksak pog‘onalarga ko‘tarish, shuningdеk, lotin yozuviga asoslangan o‘zbеk alifbosini joriy etish sohasida qabul qilingan Davlat dasturi ijrosini ta’minlashdеk ustuvor yo‘nalishdagi vazifalarni bajarish tom ma’noda kundalik hayotimizga tobora singib bormoqda.
Aynan mazkur munosabat yuzasidan 2019-yilning 22-oktabrida Samarqand davlat chet tillar institutida 21-oktabr – O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishining 30 yilligi munosabati bilan “Ona tilim – sen ruhimning qanoti” shiori ostida tantanali tadbir o‘tkazildi. Tadbirni kirish so‘zi bilan institut rektori I.M.Tuxtasinov ochib berdi hamda barchani til bayrami munosabati bilan chin dildan muborakbod etdi.
Tadbir davomida institut faol va iqtidorli talabalari tomonidan milliy raqslar, ona tili haqidagi to‘rtliklar, Alisher Navoiy g‘azallaridan misralar, o‘zbekona qo‘shiqlar hamda sahna ko‘rinishlari ijro etildi.
Tadbir yakunida tadbirni tashkil etishda yaqindan yordam bergan va bayram sahnasida faol ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar hamda talabalar faxriy yorliq, diplom, esdalik sovg‘alar, shuningdek, kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanishdi.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain














