Institutda ta’lim sifatini oshirish va institut reytingini ko‘tarish maqsadida o‘quv jarayoniga xorijlik mutaxassislar jalb etilmoqda. Samarqand davlat chet tillar instituti chet tili mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha mintaqada yetakchi tashkilotlardan biri hisoblanadi.

Hozirgi kunda SamDCHTIda AQSH, Fransiya, Ispaniya, XXR, Misr Arab Respublikasi, Finlandiya va Indoneziyadan tashrif buyurgan 22 nafar malakali mutaxassis faoliyat olib bormoqda. 

2019-yilning 26-oktabrida SamDCHTI rektori institutda faoliyat ko‘rsatayotgan 14 nafar xitoylik mutaxassislar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar va takliflar o‘zaro kelishib olindi. Jumladan, 2022-yilda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi sammitiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida xitoy-rus-o‘zbek tillari bo‘yicha malakali tarjimonlarni tayyorlash, talabalarni xalqaro olimpiadalardagi ishtirokini ta’minlash, hamkorlikda o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar tayyorlash, SamDCHTI akademik litseyi va SamDCHTI qoshidagi Konfutsiy Institutida to‘garaklar tashkil etish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

Share:
2019-10-26 17:45:00 101