2019-yil 19-oktabr kuni SamDChTI akademik litseyida “Rektor stipendiyasi”ga davogar o‘quvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni akademik litsey direktori Z.Qo‘ziyev kirish so‘zi bilan boshladi. Mazkur uchrashuvda akademik litseyning “Rektor stipendiyasi”ga davogar 66 nafar o‘quvchilar, ularning guruh rahbarlari hamda mutasaddi hodimlar ishtirok etishdi. Uchrashuv so‘ngida 66 nafar davogar o‘quvchilardan 34 nafar eng iqtidorli o‘quvchilar “Rektor stipendiyasi”ga nomzod deb topildi. Ushbu nomzodlarni saralab olishda akademik litseyning iqtidorli o‘quvchilari uchun “Rektor stipendiyasi”ni tayinlash to‘g‘risidagi nizom asos qilib olindi. Ushbu 34 nafar nomzod o‘quvchilarning ro‘yxati institut ilmiy kengashiga taqdim qilinishi belgilab olindi.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain




