Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot texnologiyalari kafedrasi professor-o‘qituvchilari Urgut tumanidagi 74-sonli umumta’lim maktabida ta’lim tizimi sohasida olib borilayotgan islohotlar, o‘quv jarayonida AKT joriy etish va ulardan samarali foydalanish mavzusida davra suhbati o‘tkazishdi.
SamDCHTI professor-o‘qituvchilari matkabga tashrif davomida maktabdagi kompyuter texnologiyalarining barchasi ishga yaroqsiz ekanligini aniqlashdi hamda zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan ta’minlashda Samarqand davlat chet tillar instituti rahbariyati yaqindan yordam berishi to‘g‘risida ma’lum qilishdi.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain









