Samarqand davlat chet tillar instituti talabalar turar joyida talabalar bilan psixologik suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida talabalar rasm chizish, shakllarni bo‘yash, maxsus testlar orqali o‘zlarining temperamentini va fe’l-atvorlarini bilib olish imkoniyatiga ega bo'lishdi.
Shuningdek, ruhiy barqarorlik haqida umumiy tushuncha hamda uni oshirish, stressli holatlarni bartaraf etish, o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish bo‘yicha alohida mashqlar to‘g‘risida ham atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain







