Institut ARM direktori, yurtimizda taniqli  yozuvchi va shoir Eshqobil Valining (Abduvali Kazakovich Eshqobilov) yangi nasriy tarjimalar  kitobi “Shohona bog‘” nomi bilan  Toshkentda, “Turon-Ikbol” nashriyotida 1000 nusxada chop etildi. “Yevropa nasriy adabiyoti antologiyasi” ruknida nashr etilgan kitobdan asosan oliy ta’lim tizimida  “Adabiyotshunoslikka kirish” fanidan o‘tiladigan amaliy mashg‘ulotlar ishchi dasturiga kiritilgan V.Vulf, R. Kipling, J.Selenjer, S. Moyem, Gi de Mopassan, Ivo Andrich,  Fransuaza Sagan, Karel Chapek hamda A.Barikkolarning jahon adabiyotida durdona hisoblanadigan qissa va hikoyalari joy olgan. Bu asarlarning aksariyati dastlab “Jahon adabiyoti”, “Sharq yulduzi”, “Yoshlik” kabi jurnallarda va boshqa nashrlarda e’lon qilingan edi. Eshqobil Valining tarjimalar kitobiga professor M.Xolbekov kirish so‘zi yozib, ularni yuqori baholagan va munaqqidlar hukmiga havola qilgan.

Mazkur kitob nafaqat muallifning, balki institutimiz jamoasining ham yutug‘i, ham obro‘sidir. Ishonchimiz komilki, asar nafaqat Samarqand adabiy muhitida, balki zamonaviy adabiyotimizda, xususan, tarjimachilikda sezilarli voqea bo‘lib qoladi.   

Samarqand davlar chet tillar institutiSamarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar institutiSamarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar institutiSamarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

Share:
2019-11-26 15:45:00 100