Institutning ingliz tili-II fakultetida xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy, innovatsion va samarali metodlaridan foydalangan holda hamda xorijiy mutaxassislarni ta’lim jarayoniga jalb qilib xorijiy ilg‘or tajribalarni ta’lim jarayoniga joriy qilish orqali malakali kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan turli mavzularda ochiq darslar hamda xorijiy mutaxassislar tomonidan talabalar uchun mahorat darslari va o‘qituvchilar uchun metodik seminarlar tashkil etilmoqda. Shuningdek, fakultet professor-o‘qituvchilari umumiy o‘rta ta’lim maktablariga tashrif buyurib, ingliz tili o‘qituvchilari uchun seminar-treninglar o‘tib, o‘qituvchilarga o‘zlarining tajribalarini ulashishmoqda.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain









