Shu kunlarda yurtimiz, respublikamizning barcha axolisi buyuk bayram –  O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligini nishonlamoqda. Bizning Asosiy Qomusimiz, ya’ni baxtimiz qomusi hisoblangan Konstitutsiyamiz barcha yurtdoshlarimizni jinsi, irqi, millati, tili, dini, sotsial kelib chiqishidan qat'iy nazar bir xil huquq va ozodlik bilan ta'minlaydi. Konstitutsiyamiz boy madaniy merosimiz hamda o'zbek xalqining ko'p asrlik tarixiga asoslangandir.

Uning jamiyatda tutgan o'rni mamlakatimiz rivoji, xalqimizning ma'naviy boyliklarini ko'paytirish yo'lida ko'p qirrali va yorug' yo'llarni ochib berdi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hayotimizdagi barcha sohalarni, shu qatorda ta'lim sohasida ham yaxshi imkon yaratmoqda.  

Barcha fan arboblari, ta'lim sohasi vakillari, o'quv yurtlari talabalari, professor-o‘qituvchilar, xususan, Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasini xalqimizning buyuk bayrami - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligi bilan chin yurakdan muborakbod etaman. Sizlarga tinchlik-hotirjamlik, baxt-saodat va kelgusidagi faoliyatingizda omadlar tilayman.

 

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI rektori                                 Tuxtasinov Ilxom Madaminovich

Share:
2019-12-07 15:23:49 92