Joriy yilning 11-dekabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga Fransiyaning Puate universitetining  professor Patrits Naudan ishtirokidagi 3 nafar professorlar tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida rasmiy uchrashuv tashkil etildi va unda institut rahbariyati vakillaridan quyidagilar ishtirok etishdi. Institut prorektorlari F.Ro‘ziqulov va Sh.Ashurov, Roman-german tillari fakulteti dekani B.Primov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i B.Berdialiyev, “Fransuz tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri N.Suvonovalar.

Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va uni mustahkam davomiylikda rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish va ularning malaksini oshirish, hamkorlikda ilmiy va amaliy konferensiyalarni o‘tkazish kabilarni yo‘lga qo‘yish hamda ularni amalga oshirish imkoniyatlari to‘g‘risida o‘zaro hamkorlik Memorandumini imzolashga kelishib olindi.

Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar va institutidagi fransuz tili ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi bakalavr hamda magistrantlar seminar  o‘rtasida seminar-trening tashkil etildi. Unda Puate universitetining  ta’lim jarayoni, faoliyat ko‘rsatadigan professor-o‘qituvchilar, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida gapirib o‘tildi.

 

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

Share:
2019-12-12 09:15:00 109