Xitoy tili yo‘nalishi, Konfutsiy instituti va SamDCHTI qoshidagi akademik litsey talabalari hamkorligida Samarqand Konfutsiy institutining “Birinchi she’riyat tanlov” musobaqasi hamda “2020-Yangi yil” deb atalmish tadbir bo‘lib o‘tdi.
“Birinchi she’riyat tanlov” musobaqasi davomida xitoy adabiyoti nodir she'rlari talabalar tomonidan ijro etildi. Bundan tashqari ajoyib xitoy milliy raqs va qo'shiqlari barchaning ko'ngliga manzur bo'ldi. Musobaqa oxirida faxrli birinchi, ikkinchi, uchinchi o'rin sohib va sohibalari faxriy yorliq va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi.
Tadbirni tashkil etishda Samarqand davlat chet tillar instituti qoshidagi Konfutsiy instituti hamda Yaqin sharq tillar kafedrasi alohida tashabbus mualliflaridir.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain


















