Bugun 2019-yil 19-dekabr kuni Ingliz tili-I fakulteti “Ingliz tili tarixi va grammatikasi” kafedrasi tomonidan Yangi yil bayrami munosabati bilan Mehribonlik uylariga tashrif buyurildi. Jumladan, 104-XTA-oʻzbek, 116-XTA-oʻzbek, 102-XTA-rus, 104-XTA-rus, 106- XTA-rus, 101-MBT-rus, 102-MBT oʻzbek, 101-MBT-rus (kechki) guruh talabalari Samarqand shahar 1-sonli maxsus maktab oʻquvchilarini tabriklab, Yangi yil sovgʻalari ulashishdi.
106-XTA va 118-XTA oʻzbek guruhi talabalari esa Samarqand shahridagi 10-sonli Mehribonlik uyiga tashrif buyurib, bolajonlarni bayram bilan qutlashdi. Shuningdek, 105-MBT, 122-XTA, 114-XTA o’zbek guruhlari yashash sharoiti oğir va nogiron farzandi bor oilalar ahvolidan xabar olishdi.
Mehr-muruvvat ishlarini tashkillashtirgan kafedra o’qituvchilariga minnatdorchilik bildirildi.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain










