Samarqand davlat chet tillar instituti rektori  Ilxom Madaminovich Tuxtasinov O'zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan xalq deputatlari viloyat Kengashiga nomzod etib ko'rsatilgan edi. "Zarafshon" gazetasi muhbirlari xabarlariga ko'ra viloyat kengashiga saylangan deputatlar ro'yxati rasmiy ravishda e'lon qilindi.  
 
Hurmatli Ilxom Madaminovich Tuxtasinov,  sizni butun institut jamoasi bilan birgalikda viloyat Kengashiga deputat etib saylanganingiz munosabati bilan chin dildan qutlaymiz. Yangi yilga jamoamiz uchun qo'shaloq bayram bo'ladigan bo'ldi. Kelgusidagi faoliyatingizda omadyor bo'lsin. Bundan ham yuqori marralarni zabt etishingizda sabr, metin-iroda, kuch-quvvat tilaymiz. Institut jamoasi doimo sizni qo'llaydi.
 

Samarqand davlar chet tillar instituti



_______________
Eslatib o‘tamiz, viloyat saylov komissiyasining qaroriga ko‘ra, 5 ta okrugda 5-yanvar kuni takroriy saylovlar bo‘lib o‘tadi.

SamDCHTI matbuot xizmati

Share:
2019-12-25 20:40:00 87