Joriy yilning 25-dekabr kunida Samarqand davlat chet tillar institutida mustaqil tadqiqotchi S.Erkinovning “Harbiy kasbga oid lisoniy birliklarning sistem-funksional xususiyatlari (ingliz tili materiali asosida)” mavzusidagi ilmiy seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda barcha professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, ilmiy tadqiqotchilar va qiziquvchilar ishtirok etishdi.
Seminar davomida mustaqil tadqiqotchi S.Erkinov o‘zining dissertatsiyasidagi ilmiy yangiliklari, olib borgan tadqiqotlari to‘g‘risida batafsil so‘zlab o‘tdi.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain







