Samarqand viloyati Matbuot uyida viloyatdagi barcha shahar-tuman hokimliklari, oliy ta’lim muassasalari, davlat idora va tashkilotlarining axborot xizmati rahbarlari (shu kunga qadar matbuot kotibi lavozimi deb nomlanar edi) ishtirokida o‘quv-seminari tashkil etilish bilan birga ularga Axborot xizmati rahbari ekanligini tasdiqlovchi (2019-yilning 11-12 dekabr kunlarida tashkilot va muassasalar matbuot kotiblari attestatsiyadan saralab o‘tkazilgan edi) maxsus guvohnoma ham topshirilidi.

O‘quv-seminarini tashkil etishda Samarqand viloyati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi alohida tashabbus ko‘rsatishdi va jarayon doirasida OAVlari xizmatlari faoliyatida videomateriallardan foydalanish, bosma nashrlar bilan hamkorlik o‘rnatish, sodir bo‘layotgan jarayonlarda doimo peshqadamlikni bardavom etkazish, yuzaga chiqayotgan mulohazali vaziyatlarda tashkilot va muassasa rahbarlarining bayonat berish tartibi, shuningdek, ularni ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish o‘rinlari kabilar to‘g‘risida mulohazalar almashinildi.

Jumladan, har bir axborot xizmati rahbarlari o‘z tashkilot va muassasalarida axborot siyosatini shakllantirishi lozimligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
 

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

 

Share:
2020-01-18 17:40:00 87