Joriy yilning 30-yanvar sanasida Samarqand davlat chet tillar institutida navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda quyidagi masalalar ko‘rildi:
- O‘zR Prezidenti Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Hay’at yig‘ilishi qarorlari va buyruqlari, institut Kengashi qarorlarining bajarilishi;
- O‘zR Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi va shu asosida institutda kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar to‘g‘risida;
- O‘zR 2014-yil 4-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan murojaatlar bilan ishlashning axvoli to‘g‘risida;
- Vazirlik buyrug‘i asosida tashkil etilgan maxsus kurslarning o‘qitish sifati va samaradorligini oshirish haqida;
- Institut murabbiylar faoliyatini yaxshilash;
- Respublika va institutda chop etilayotgan ilmiy va o‘quv-uslubiy nashlarning sifati hamda bu sohani tashkillashtirish borasidagi ishlar tog‘risida;
Shuningdek, ilmiy unvon hamda ilmiy darajaga erishgan tadqiqotchi professor-o‘qituvchilar kompyuter hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
SamDCHTI matbuot xizmati
Share:
2020-01-30 21:35:00
95
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain












