Samarqand davlat chet tillar instituti yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, institut Yoshlar Ittifoqi hamda tibbiyot xodimlari tashabbusida institut talabalari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Uchrashuvni tashkil etishdan maqsad hozirda jahon miqiyosida dolzarblik kasb etayotgan “Koronavirus”dan saqlanish, himoyalanish hamda uning oldini olish bo‘ldi.
Kun tartibida koronavirusning o‘tkir pnevmoniya bilan asoratlanishi, ko‘krak qafasi rentgenografiyasida o‘choqli yoki interstitsial inflatratlar aniqlanishi, og‘ir hollarda nafas olish holatlari yomonlashib, ikkinchi xaftada kasallik respirator distress-sindrom rivojlanishi, kattalarda bu turli a’zolar disfunksiyasi bilan kuzatilishi mumkinligi hamda ba’zi bo‘yin linfa tugunlari kattalashishi mumkinliklari to‘g‘risida gapirildi.
Qisqacha:
Kasallik klinikasi virus yuqqandan so‘ng 2/4 kun o‘tgandan keyin namoyon bo‘ladi. Kasallik o‘tkir, tana haroratining oshishi, yaqqol rivojlanmagan umumiy zaharlanish belgilari bilan boshlanadi. Shuningdek, bolalarda nafas olganda ko‘krak qafasida og‘riq, yo‘tal, quruq hushtaksimon xirillashlar eshitiladi.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain















