O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 9 iyuldagi “2018/2019 o‘quv yili qabuli jarayonida test sinovlari bilan bir qatorda o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlar komissiyalari raislarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 611-sonli buyrug‘iga asosan Samarqand davlat chet tillar institutida filologiya va tillarni o'qitish: ispan tili, filologiya va tillarni o'qitish: xitoy tili, filologiya va tillarni o'qitish: arab tili, filologiya va tillarni o'qitish: yapon tillari bo‘yicha hujjat topshirgan abituriyentlardan joriy yilning 16-17 iyul kunlari ispan, xitoy, arab, yapon tillaridan ijodiy imtixonlar o‘tkazildi. 16-18-20 iyul kunlari ko‘zi ojiz abituriyentlardan ingliz tili, ona tili va adabiyoti, tarix fanlaridan imtixonlar olindi.
2018-07-20 16:15:00
89
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain












