O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha beshta muhim tashabbusning birinchi tashabbusi, ya’ni yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga qaratilgan tashabbus doirasida Samarqand davlat chet tillar instituti Roman-german tillari fakultetida yoshlar radiosi tashkil etildi.
Mazkur radio "Fransuz tili va adabiyoti" kafedrasi mudiri dots.N.Suvonova tashabbusi bilan ishga tushirildi va u “YOSH FILOLOGLAR SADOSI” deb nomlandi. Ushbu fakultet radiosi haftaning har juma kuni, ya’ni axborot soati va ma’naviyat kunlaridagi katta tanaffus davomida eshittirilishi hamda unda asosan fakultet va institutda ro‘y berayotgan yangiliklar, shuningdek, talabalarga xos boshqa ruknlar eshittirilishi rejalashtirilgan.
Radioning tahririyat a’zolariga fakultet doirasidagi tegishli kafedra va dekanatdan efirbop ma’lumotlarni olishga ruxsat berildi. Radioning asosiy ishchi guruh a’zolari sifatida Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi M.Yusupova rahbarligida 104-fransuz o‘zbek guruhi talabalari mas’uliyatli vazifani o‘z zimmalariga oldilar.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain



