Abu Mansur al-Moturidiy – imom, fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi. "Imom al-hudo", "Imom al-mutakallimin" ("Hidoyat yoʻli imomi", "Mutakallimlar imomi") nomlari bilan ulugʻlangan. Mamlakatimizda Moturidiy merosini oʻrganishga faqat mustaqillikdan keyingina kirishildi. OʻzR Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan 2000-yilda Moturidiy tavalludining 1130 yilligi Oʻzbekistonda keng nishonlandi. Davlatimizning muhtaram birinchi Prezident I.Karimov tashabbusi bilan Samarqandda alloma xotirasiga yodgorlik majmui bunyod etildi.

Allomaning hayot yo‘li va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlanib 2020-yilning 2-4 mart kunlari Samarqand shahrida “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta’limoti: o‘tmish va bugun” mavzusida xalqaro konferenasiya bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu konferensiyaga xorijdan ham nufuzli mehmonlar tashrif buyurishgan. Yurtimizning milliy merosi bo‘lmish tarixiy obidalarimiz hamda madaniy yodgorliklarimiz, urf-odatlarimiz, an’analarimiz, Moturidiy hamda shu kabi buyuk ajdodlarimiz ilmiy-ijodiy asarlari mazmun-mohiyatini xorijlik mehmonlarga yetkazish, shahrimizning diqqatga sazovor joylari bilan tanishtirish maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutidan malakali tarjimon-volontyorlar saralab olindi.

Institut rektori I.M.Tuxtasinov tarjimon-volontyorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi va ularga o‘z tajribasini ulashish bilan bir qatorda belgilangan taklif va ko‘rsatmalar to‘g‘risida so‘zlab o‘tdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

Share:
2020-03-03 10:10:00 105