Ma’lumki, Samarqand davlat chet tillar instituti bazasida AQSH Vebster Universitetining ingliz tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘qitish magistratura mutaxassisligi yo‘nalishi (WU TESL Program) o‘z faoliyatini olib bormoqda.
Joriy yilning yanvar-mart oylarida SamDCHTI hamda Vebster Universiteti hamkorligida ingliz tili o‘qituvchilari uchun “Language History, Planning and Policy” mavzusida malaka oshirish kursi tashkil etildi. Mazkur kurs Vebster Universitetining professori tomonidan yuqori saviyada, zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda olib borildi. Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tugatgan o‘qituvchilarga Vebster Universitetining sertifikatlari taqdim etildi.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain








