Koreya Jurnalistlar assotsiatsiyasi prezidenti Chon Ku Sun boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurishdi hamda institut rektori I.M.To‘xtasinov bilan uchrashishdi. Shuningdek, I.M.To‘xtasinovning tarjimonlik sohasida erishgan yutuqlari, tarjima asarlariga delegatsiya a’zolari ya’ni jurnalistlar qiziqish bildirishdi. 

Uchrashuv davomida institut rektori I.M.To‘xtasinov delegatsiya a’zolarini institut tarixi, o‘quv hamda ta’lim jarayonlari, xorijlik professor-o‘qituvchilarning 20 dan ortig‘i hozirda SamDCHTI da faoliyat ko‘rsatayotganligi, xorijning 70 dan ziyod eng nufuzli OTMlari bilan mazkur paytda hamkorlik olaqalarining jadal ravishda davom etayatganligi, jumladan, Koreyaning Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (KOICA), Xankuk milliy universitetlari, Chonbuk milliy universiteti, Changvon milliy universiteti, Transport milliy universiteti, Chungju milliy universiteti, Chodang, Donguk, San Mun, Cheju, Chonnam, Jungbu, Gachon, Chosun va Tegu Xani universitetlari bilan fan, ta’lim, ilmiy tadqiqot sohalaridagi yaqin hamkorlik aloqalari hozirda amalda davom etayotganligi to‘g‘risida batafsil tanishtirib o‘tdi.

Shuningdek, kelgusida Koreya Jurnalistlar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda Samarqand davlat chet tillar institutida “Jurnalistika” fakultetini ochishga kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida Samarqand davlat chet tillar institutida joriy etilgan “Lingvopark” maydoni bilan Koreyalik mehmonlarimiz tanishib chiqishdi.

Samarqand davlar chet tillar institutiSamarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI axborot xizmati

Share:
2019-10-14 20:35:00 97