Samarqand davlar chet tillar institutiSamarqand davlat chet tillar instituti

Bugun soat 17:00 da Milliy matbuot markazida  “Fuqarolik pasporti: 2020/2021 yilda OTMlarga onlayn hujjat topshirish muammolari” mavzusida anjuman boʻlib oʻtdi. Unda Ichki ishlar vazirligi, Davlat personallashtirish markazi va Davlat test markazi mutaxassislari ishtirok etdilar.

Unda aytilishicha:

— Endi abituriyent yangi pasport olish uchun rasmga tushishni 10 kunlab kutmaydi.

— Abituriyentning pasporti yoʻqolgan boʻlsa, tuman ichki ishlar boʻlimlariga murojaat qilishlari kerak. Soʻngra ushbu fuqaroga rasmli Shakl-3 koʻrinishidagi formaga shaxsning yoʻqotilgan pasport seriyasi raqami va shaxsiy raqamlarini qoʻshib tayyorlab beriladi.

— Hozirda abituriyent ma’lumotlar yig‘ish punktidan olgan pasporti orqali shu vaqtning o‘zida DTM saytiga kirib, onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

— Abituriyentlar pasport bo’yicha paydo bo’layotgan muammolar yuzasidan maslahatlar olish uchun +998712315035 telefon raqami bilan bog’lanishlari mumkin.

— Abituriyent hujjatini joriy yilning 20-iyunidan 20-iyuliga qadar (o’sha kuni ham) onlayn ro’yxatdan o’tkaza olmasa, ular uchun qo’shimcha vaqt ajratib berilmaydi.

— Bakalavr ta’lim bosqichining kunduzgi ta’lim shakli hamda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan  talabalarga beriladigan diplomlarda hech qanday farq yo’q, ikkalasi ham bir xil.

Anjuman davomida onlayn ro‘yxatdan o‘tishda yuzaga kelgan barcha muammolar bartaraf etilganligi bo‘yicha tushuntirishlar berib o'tildi. Shuningdek, bu kabi muammolarga to‘qnash kelinganda, IIV, DPM tomonidan e’lon qilingan telefon raqamlari orqali murojaat qilinishi hamda ular zudlik bilan hal etilishi bo‘yicha maslahatlar berildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2020-07-14 20:00:00 105