Joriy yilning 24-noyabr kunida Samarqand davlat chet tillar institutida “Oʼzbekistonning mustaqillik davridagi yangi tarixi va falsafiy tafakkurining dolzarb muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi.
Unda institut jamoasi, professor-o’qituvchilar, ilmiy izlanuvchi hamda sohaga aloqador ilmiy tadqiqotchilar, shuningdek, respublikadagi ko’plab olimlar ishtirok etishdi.
Mazkur ilmiy-amaliy anjuman Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-fevraldagi 56-F-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan “Oʼzbekiston Respublikasida 2020-yilda xalqaro va respublika miqiyosida oʼtkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi”da belgilangan tadbirlarni amalga oshirish va Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining 2020-yil 13-fevraldagi “Vazirlik tizimidagi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2020-yilda oʼtkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 116-sonli buyrugʼida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Samarqand davlat chet tillar instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tashabbusida tashkil etildi.
Anjuman davomida “Jamiyat taraqqiyotida fan etikasi va bioetikaning o’rni”, “Islom falsafasi falsafiy tadqiqotlarda”, “Konstitutsiyamizning genazisi va evolyutsiyasi”, “Ahmad G’azzoliy shaxsiyati” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain









