Urgut tuman Xalq ta’lim bo’limiga qarashli 103-umumiy o’rta ta'lim maktabida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda  Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti jamoasi ham ishtirok etishdi. Jumladan, muhtaram Prezidentimizning  bitiruvchilarga yo’llagan tabrigi yetkazildi hamda faol bitiruvchilar Samarqand davlat chet tillar institutining faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Institutning ingliz tili tarixi va grammatikasi kafedrasi professor-o'qituvchilari Past Darg'om tumanidagi 82-sonli maktabga borishdi va maktab jamoasi hamda bitiruvchilariga muhtaram Prezidentning tabrigini yetkazishdi. Shuningdek, kelajakdagi o’qishlarida omad yor bo’lishini ta’kidlashdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili-I fakulteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchilari "So'ngi qo'ng'iroq" bayrami munosabati bilan Past Darg'om tuman Xalq ta’lim bo’limiga qarashli 83-umumiy o’rta ta'lim maktabiga borishdi va bitiruvchilarni bayram bilan tabriklashdi hamda institut tomonidan ajratilgan sovg’alarni tuhfa qilishdi.

Bugun, Past Darg’om tumanidagi 5-, 23-, 86-sonli maktablarida tashkil etilgan “So’nggi qo’ng’iroq” bayramida institut Ingliz tili-II fakulteti rahbariyati vakillari va o’qituvchilari ham ishtirok etishdi. Shuningdek, maktablardagi bitiruvchi o’g’il-qizlarni bayram munosabati bilan tabriklashdi hamda kelajakdagi ishlarida muvafaqqiyat tilashdi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-05-25 19:55:00 123