Oʻzbekiston Respubikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 14-fevraldagi 52-sonli buyrugʻi hamda Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 15-fevraldagi 59-sonli buyrugʻiga asosan Nomdor stipendiya sovrindorlari bilan talabalar o’rtasida seminarlar tashkil etilib kelinmoqda. Shu maqsadda, ularning erishgan yutuqlari ilmiy va jamoatchilik faoliyati bilan talabalarni yaqindan tanishtirish uchun Samarqand davlat chet tillari instituti Payariq xorijiy tillar fakulteti talabalari ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Ushbu uchrashuvda Samarqand davlat chet tillari instituti ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’lmi boshlig’i falsafa fanlari doktori (PhD) B.Turobov, Iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi boshlig’i B.Nurmuxammedov, O’zbekistn Respublikasi Prezidenti stiendianti Sh.Aslonov, Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi F.Xudoyorova hamda 60 dan ziyod talaba-yoshlar va fakultet jamoasi ishtirok etishdi.
Ushbu seminarda ilmiy faoliyat bilan shug’ullanish, ilmiy maqolalar yozish tartibi, milliy, xalqaro ilmiy jurnallar va bazalar, ilmiy ishlarni patentlashtirish, mediasavodxonlik, global fuqarolik hamda liderlik qobiliyati, kasbiy va shaxsiy rivojlanish borasida master klass o’tilib, talabalar o’rtasida ochiq muloqot tashkillashtirildi. Ochiq muloqot davomida aprel oyidan boshlab talabalarning ilmiy-ijodiy ishlari, tarjimalari to’plam sifatida ommalashtirilishiga kelishib olindi.
Shuningdek, endilikda nomdor stipendiya sohiblari institut fakultetlariga biriktrilib, ular bilan tengdosh-tengdoshga metodi asosida ishlash chora tadbirlari tuzildi. Jumladan, Payariq xorijiy tillar fakultetiga Navoiy davlat stipendiyasi sohibasi Farangiz Xudoyorova talabalar bilan bevosita ishlash, ularning ilmiy va innovatsion loyihalari bo’yicha ma’sul etib tayinlandi. Trening so’nggida talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berilib, takliflar qabul qilindi hamda seminar davomida faol ishtirok etgan talabalar institut rektorining Sertifikati bilan taqdirlandilar.

.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
