2018 yil 20 aprel kuni Samarqand shahridagi A.P.Chexov nomidagi rus akademik drama teatrida talaba-yoshlarni buyuk ma’naviy merosimiz, betakror qadriyatlarimiz, an’analarimizni izchil davom ettirish, ularni mustaqillik davri talablari asosida boyitib borish va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shish hamda yoshlarni san’atga muhabbat ruhida tarbiyalash va ma’naviy kamolotga yo’naltirish, teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvatlash maqsadida tashkil etilayotgan talabalar teatr studiyalari festivalining Samarqand viloyat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu festivalda Samarqand davlat chet tillar institutining “San’at gulshani” talabalar teatr studiyasi ham ishtirok etib “Davlat bolalari” nomli sahna ko‘rinishini namoyish etdi.
Samarqand davlat chet tillar institutining “San’at gulshani” talabalar teatr studiyasi a’zolari turli nominatsiyalar bilan bilan taqdirlanishdi.
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain





