Samarqand davlat chet tillar institutida Janubiy  Koreya, AQSH  hamda  Rossiya OTMlari bilan hamkorlikda 2019/2020 o‘quv yili uchun bakalavriat va magistraturada tashkil etilgan  qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul bugun, ya’ni 2019-yilning 15-avgust kunida yakunlanadi. 

Eslatib o‘tamiz. Bakalavriat ta’lim bosqichida 2+2 qo‘shma dasturi asosida Sunchunyan universiteti (Janubiy Koreya) bilan hamkorlikda filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili yo‘nalishi (30 nafar) hamda Altay pedagogika universiteti (Rossiya) bilan hamkorlikda filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili (30 nafar) ta’lim yo‘nalishlari tashkil etilgan edi.

Magistratura ta’lim bosqichida 1+1 qo‘shma dasturi asosida Rossiya Federatsiyasining Belgorod davlat ilmiy tadqiqot milliy universiteti  hamkorligida lingvistika: ingliz tili yo‘nalishi (25 nafar), shuningdek, AQSHning Vebster universiteti bilan hamkorlikda 1 yillik  “Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish”  (40 nafar) ta’lim yo‘nalishi tashkil etilgan edi. 

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati 

Share:
2019-08-15 16:45:00 96