Samarqand davlat chet tillar instituti ispan va italiyan tillari kafedrasi professor-o‘qituvchilari Ispaniyaning Toledo shahridagi Kastiliya La Mancha universitetida 2 oylik stajirovka o‘tashni boshladilar.

Institut professor-o‘qituvchilarining e'tiroflari quyidagicha:

“Stajirovka davomida biz Kastiliya la mancha universiteti bilan to‘liq tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldik... ta’lim tizimi, dars berish metodikasi, kutubxonalari, labaratoriyalar, professor-o‘qituvchilar va boshqalar. Stajirovka davomida biz ispan tili madaniyati kursida va bir qancha madaniy tadbirlarda ham ishtirok etyapmiz. Shuningdek, universitet rahbariyati bilan professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvi, o‘zaro qo‘shma dastur asosida ta’lim berish (qo‘shma diplom) yuzasidan fikr-mulohazalar almashdik. Bundan tashqari UCLM yaqin haftalar ichida SamDCHTIdagi “Ispan tili va madaniyati” markaziga mutaxassis jo‘natishi kutilmoqda”.

SamDCHTI axborot xizmati A.Abduraimov

Share:
2019-09-13 21:45:00 99