Joriy yilning 21-iyul kunida Samarqand davlat chet tillar institutida institut rahbariyati vakillari, bo’lim boshliqlari, fakultet dekanlari hamda kafedra mudirlari ishtirokida “ZOOM” dasturida onlayn uchrashuv bo’lib o’tdi.

 

Unda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

 

  • 2020/2021 o’quv yili oliy ta’lim muassasalari uchun o’tkaziladigan test jarayonlariga hamda boshlanadigan yangi o’quv yiliga ijobiy tayyorgarlik ko’rish (yangi o’quv yili masofaviy tarzda yoki an’anaviy tarzda boshlanishi ham mumkin);
  • Moodle elektron ta’lim platformasini yangi o’quv adabiyotlari bilan boyitish va yangi o’quv yiliga tayyorlash;
  • Elektron ta’lim platformasining ish faoliyatini samarali tashkil etish uchun tajribali professor-o’qituvchilarni jalb etish;
  • Kuz-qish mavsumiga barcha o’quv va ish binolarini tayyorlash;
  • Yangi o’quv yilida rejalashtirilgan qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish;
  • Yangi o’quv yili uchun yangi-yangi o’quv adabiyotlari, dasrliklar va qo’llanmalarni tayyorlash;
  • Mazkur yilda bitirayotgan bitiruvchi kurs talabalariga diplomlarning onlayn yetkazilishida imkon qadar ko’maklashish kabilar.

 

Shuningdek, onlayn uchrashuv ishtirokchilari tomonidan har xil masalalar bo’yicha fikr va molahazalar almashinildi.

 

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

 

Samarqand davlar chet tillar instituti

Manba: Axborot xizmati

Share:
2020-07-21 18:20:00 102