Joriy yilning 21-iyul kunida Samarqand davlat chet tillar institutida institut rahbariyati vakillari, bo’lim boshliqlari, fakultet dekanlari hamda kafedra mudirlari ishtirokida “ZOOM” dasturida onlayn uchrashuv bo’lib o’tdi.
Unda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
- 2020/2021 o’quv yili oliy ta’lim muassasalari uchun o’tkaziladigan test jarayonlariga hamda boshlanadigan yangi o’quv yiliga ijobiy tayyorgarlik ko’rish (yangi o’quv yili masofaviy tarzda yoki an’anaviy tarzda boshlanishi ham mumkin);
- Moodle elektron ta’lim platformasini yangi o’quv adabiyotlari bilan boyitish va yangi o’quv yiliga tayyorlash;
- Elektron ta’lim platformasining ish faoliyatini samarali tashkil etish uchun tajribali professor-o’qituvchilarni jalb etish;
- Kuz-qish mavsumiga barcha o’quv va ish binolarini tayyorlash;
- Yangi o’quv yilida rejalashtirilgan qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish;
- Yangi o’quv yili uchun yangi-yangi o’quv adabiyotlari, dasrliklar va qo’llanmalarni tayyorlash;
- Mazkur yilda bitirayotgan bitiruvchi kurs talabalariga diplomlarning onlayn yetkazilishida imkon qadar ko’maklashish kabilar.
Shuningdek, onlayn uchrashuv ishtirokchilari tomonidan har xil masalalar bo’yicha fikr va molahazalar almashinildi.
Manba: Axborot xizmati
Share:
2020-07-21 18:20:00
103
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain







