Bugun, 22-oktabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga AOIKAI tibbiyot korporatsiyasi vitse-prezidenti X.Tamaye boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Ma’lumot sifatida ta’kidlab o’tish joiz,  AOIKAI tibbiyot korporatsiyasi vitse-prezidenti X.Tamaye Seul shahridan I.Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportiga joriy yilning 20-oktabr kuni soat 19:20 da “KE-941” reysi bilan uchib kelgan.
 
Tashrif buyurgan delegatsiya a’zolarini Samarqand davlat chet tilla institutida institut rektori Ilhomjon To’xtasinov ishtirokidagi mezbonlar kutib olishdi. Jumladan, talabalar va professor-o’qituvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar bilan tanishtirishdi.
 
Shuningdek, tomonlar o’rtasida rasmiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv jarayonida Samarqand davlat chet tillar institutida yapon tilining o’qitilishini yana kuchaytirish, talabalar hamda professor-o’qituvchilarning tajribasini yanada oshirish, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash borasida fikr-mulohazalar almashinildi.
 
Uchrashuvdan so’ng, delegatsiya a’zolari, shuningdek, institutning “Filologiya va tillarni o’qitish: yapon tili” ta’lim yo’nalishida tahsil oluvchi talabalar hamda faoliyat ko’rsatayotgan professor-o’qituvchilar o’rtasida davra suhbati tashkil etildi. Jarayon davomida AOIKAI tibbiyot korporatsiyasining to’liq faoliyati bilan tanishtirildi.
 

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-10-22 12:05:00 121