Bugun, 22-oktabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga AOIKAI tibbiyot korporatsiyasi vitse-prezidenti X.Tamaye boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Ma’lumot sifatida ta’kidlab o’tish joiz, AOIKAI tibbiyot korporatsiyasi vitse-prezidenti X.Tamaye Seul shahridan I.Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportiga joriy yilning 20-oktabr kuni soat 19:20 da “KE-941” reysi bilan uchib kelgan.
Tashrif buyurgan delegatsiya a’zolarini Samarqand davlat chet tilla institutida institut rektori Ilhomjon To’xtasinov ishtirokidagi mezbonlar kutib olishdi. Jumladan, talabalar va professor-o’qituvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar bilan tanishtirishdi.
Shuningdek, tomonlar o’rtasida rasmiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv jarayonida Samarqand davlat chet tillar institutida yapon tilining o’qitilishini yana kuchaytirish, talabalar hamda professor-o’qituvchilarning tajribasini yanada oshirish, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash borasida fikr-mulohazalar almashinildi.
Uchrashuvdan so’ng, delegatsiya a’zolari, shuningdek, institutning “Filologiya va tillarni o’qitish: yapon tili” ta’lim yo’nalishida tahsil oluvchi talabalar hamda faoliyat ko’rsatayotgan professor-o’qituvchilar o’rtasida davra suhbati tashkil etildi. Jarayon davomida AOIKAI tibbiyot korporatsiyasining to’liq faoliyati bilan tanishtirildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
2021-10-22 12:05:00
122
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain












