Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov viloyatdagi maktab, litsey, o'rta maxsus kasb-hunar kollej hamda oliy ta'lim muassasalarini bitirgan yoshlarning kelgusidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Shuningdek, oliy ta'lim muassasalarini tamomlagan bitiruvchi yoshlarni o'z mutaxassisligi bo'yicha ish bilan ta'minlanishini va buning uchun viloyat hokimligi amaliy ko'mak berishini alohida ta'kidlab o'tdi.
Vaholanki, viloyatda ish o'rinlari kam bo'lgan yoki umuman bo'lmagan hududlarda yangi ish o'rinlari yaratilishi ham uchrashuv kun tartibidan o'rin oldi.
Shu bilan birga uchrashuv doirasida bitiruvchi yoshlar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.
Uchrashuv yakunida kitobxonlik bo'yicha turli xil nominatsiyalar g'oliblari munosib taqdirlanishdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain







