Xabaringiz bor, joriy yilda Samarqand davlat chet tillar institutida “Xalqaro jurnalistika” yo’nalishi ochildi va unga shartnoma asosida ta’lim oladiganlar uchun 20 ta, davlat granti asosida ta’lim oluvchilar uchun 5 ta, jami bo’lib 25 ta kvota ajratildi.
Hozirda ushbu yo’nalishga 25 nafar abituriyent talabalikka qabul qilindi.
2020-yilning fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan jurnalistika sohasiga oid 10 jildlik qo‘llanmalar nashr etildi. Bizning institutimizda ham jurnalistlarni tayyorlab chiqaradigan yo’nalish ochilganligi munosabati bilan agentlik bizga ushbu qo’llanmalardan foydalanishimiz uchun beg’araz yordam sifatida sovg’a qilishdi. Ular quyidagilar, har biridan 10 nusxadan 100 ta qabul qildik.
1. “Jurnalistika nazariyasi, tarixi va taraqqiyoti”.
2. “Jurnalistika huquqi va etikasi”.
3. “Medialingvistika va tahrir”.
4. “Media-marketing va menejment”.
5. “Bosma ommaviy axborot vositalarida janrlar va mahorat masalalari”.
6. “Audiovisual jurnalistika”.
7. “Onlayn Jurnalistika va mediada yangi trendlar”
8. “Zamonaviy media muhitda PR-xizmatlar”
9. “Ixtisoslashgan jurnalistika”
10. “Jurnalistika sotsiologiyasi va psixologiyasi”
Institutga qabul qilingan ushbu talabalar bilan 20-oktabr kuni institut rektori uchrashuvi bo’lib o’tdi. Unda “Zarafshon” hamda “Cамаркандский вестник” gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri Farmon Toshev ham ishtirok etdi.
Rektor Ilxomjon Tuxtasinov talabalikka qabul qilingan bo’lajak jurnalistlarni chin ko’ngildan tabriklab, ularning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi. Yangi tashkil qilingan “Xalqaro jurnalistika” ta’lim yo’nalishida tahsil oluvchilar kelgusida yurtimizning madaniyat, ilm-fan hamda urf-odatlarini jahon mamlakatlariga tarannum etishda ko’prik vazifasini bajarishini alohida ta’kidlab o’tdi.
Uchrashuvga taklif etilgan Farmon Toshev jurnalistikaning tarixi, kelib chiqishi hamda jurnalist etikasi to’g’risida talabalarga tushunchalar berib o’tdi va sohaga oid 20 ga yaqin adabiyotlar hamda qo’llanmalarni institut kutubxonasiga sovg’a qildi.
Uchrashuv qizg’in savol-javoblar hamda fikr-mulohazalar bilan davom etdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain








