Mustaqillik yillarida mamlakatimizda O‘zbekiston Qurolli Kuchlarini isloh qilish bo‘yicha qabul qilingan Dasturga muvofiq, zamon talablariga javob beradigan, professional Milliy armiya shakllandi. Boshqacha aytganda, armiya bilan xalq yakdilligi ta’minlanib, muvaffaqiyatli rivojlanib bormoqda.
“14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan shahrimizda katta tadir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari, OTMlari, ta’lim muassasasi tashkilotlari hamda davlat tashkilotlari ishtirokida sohibqiron Amir Temur haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Xususan, Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi ham bunda faol ishtirok etib, institut rektori, prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va talabalar jamoasi bilan birgalikda Amir Temur haykali poyiga gul qo‘yildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain









