Bugun “Yangi O‘zbekiston” va “Uchinchi Renessans” so‘zlari hayotimizda o‘zaro uyg‘un va hamohang bo‘lib yangramoqda va xalqimizni ulug‘ maqsadlar sari ruhlantirmoqda desak mubolag‘a emas.

Prezidentimizning “Yangi O‘zbekiston” gazetasiga bergan intervyusida ham mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarini tubdan isloh qilish, bugungacha o‘z samarasini bergan chora-tadbirlarni takomillashtirish, xususan ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida to‘xtalib o‘tdilar.

Jumladan, aynan zamonaviy bilim olgan, ilg‘or kasb-hunarlarni, innovatsion texnologiyalarni, xorijiy tillarni puxta egallagan o‘g‘il-qizlarimiz mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishda yetakchi o‘rin tutadi.

Ma’lumki, yoshlar yangicha fikrlashga, yangi-yangi g‘oyalarni dadil o‘rtaga tashlab, ularni amalga oshirishga, muammolarni ijodiy va nostandart yondashuvlar asosida hal etishga moyil bo‘ladi. Shuning uchun hozirgi kunda yosh avlod vakillarining bilim olishi, ilm-fan, innovatsiyalar, adabiyot, san’at va sport sohasidagi iste’dod va salohiyatini yuzaga chiqarishi, ularning jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etishi uchun barcha sharoitlarni yaratishga ustuvor ahamiyat bermoqdamiz.

Mamlakatimizda yuqori bilim va malakaga ega bo‘lgan, raqobatdosh kadrlar tayyorlash maqsadida oliygohlar soni 141 taga yetkazildi, 26 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasining filiallari ochildi. Holbuki, 2016-yilda respublikamizdagi oliygohlarning soni 77 ta edi. Qisqa muddatda bu borada qariyb ikki barobar o‘sishga erishganimiz, hech shubhasiz, yoshlarimiz, butun jamiyatimizning intellektual salohiyatini oshirish, zamonaviy bilim, kasb-hunarlarga yanada yaqinlashtirish yo‘lidagi harakatlarimiz natijasidir.

Keyingi besh yilda oliy ta’limga qabul kvotasi 3 barobar oshirilib, joriy yilda 182 ming nafar yoshlar uchun talaba bo‘lish imkoniyati yaratildi. Bu – umumiy qamrov 28 foizga yetdi, deganidir. 4 yil avval bu raqam atigi 9 foizni tashkil etardi. Bu borada davlat grantlari 21 mingtadan 47 mingtaga ko‘paytirilgani, o‘tgan yilgi tajribamizni yangi bosqichga ko‘tarib, ehtiyojmand oilalarga mansub 2 ming nafar qizlarga bu yil oliygohlarga kirish uchun alohida grantlar ajratilgani yoshlarimiz kelajagini ta’minlashga qaratilgan amaliy e’tiborimiz namunasidir.

2030-yilga qadar maktab, litsey va kollej bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 50 foizga yetkazishni reja qilganmiz va bunga, albatta, erishamiz.

Bu yil eng yuksak xalqaro talablarga javob beradigan “Yangi O‘zbekiston” universiteti tashkil etildi. Ushbu universitet mamlakatimizdagi barcha oliy o‘quv yurtlari uchun namuna bo‘ladi. Eng bilimli va iste’dodli yoshlarimiz shu erda o‘qiydi. Uzluksiz milliy ta’lim-tarbiya tizimining barcha bosqichlarini uyg‘un va mutanosib rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda.

Oxirgi to‘rt yilda bolalarimizni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi ilgarigi 27,7 foizdan 2 barobar ortib, 60 foizga yetgani, bog‘chalar soni esa 3 marta ko‘payib, 14 mingdan oshgani ana shunday islohotlarimiz natijasidir.

Hozirgi vaqtda yurtimizda “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” degan g‘oya asosida maktab ta’limi tizimida ham katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Hududlarimizda Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashgan maktablar soni ko‘payib bormoqda. “Besh muhim tashabbus” dasturi, “Barkamol avlod” markazlari doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun bu yilning o‘zida 36 mingta qo‘shimcha to‘garak tashkil etilib, 874 mingga yaqin bola ularga jalb etildi.

Shuningdek, ta’lim muassasalari, kutubxona va o‘quv markazlariga qariyb 100 mingta san’at va sport inventarlari, kompyuterlar, 600 mingga yaqin kitob yetkazib berildi. Ayniqsa, navqiron o‘g‘il-qizlarimizning tadbirkorlik sohasidagi g‘oya va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, ularni ish va daromad manbayi bilan ta’minlashga davlat miqiyosida katta ahamiyat berilmoqda.

Ana shunday e’tibor tufayli so‘nggi to‘rt yilda 30 yoshgacha bo‘lgan tadbirkorlar soni 5 barobar ko‘payib, 500 mingdan oshgani, hech shubhasiz, ushbu soha rivojida muhim rol o‘ynamoqda. Bu yilning o‘zida 92 mingdan ziyod yoshlarning tadbirkorlik loyihalari uchun 2 trillion 300 milliard so‘m imtiyozli kreditlar ajratilgani bunday yoshlarimiz safini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Yoshlar o‘rtasida kambag‘allikni kamaytirish, ularni o‘zini o‘zi band qilishga rag‘batlantirishda “Yoshlar daftari”, yoshlar dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlarimiz muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Shu yilning 8 oyi mobaynida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 430 ming nafar yigit-qizning muammolarini hal etish uchun 300 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Jumladan, “Temir daftar”dagi oilalar farzandlari bo‘lgan 2 mingdan ziyod talabaning kontrakt pullari to‘lab berildi.

“Mehribonlik uylari”dagi bolalarni oilaga yaqin muhitda tarbiyalash, bilimli, kasb-hunarli va ma’naviyatli, vatanparvar insonlar etib voyaga etkazish — hammamizning muqaddas burchimiz. Shularning barchasini hisobga olib, “Mehribonlik uylari” va maxsus maktab-internatlarda ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi tizimni joriy etilmoqda. Ana shunday o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining muammolarini o‘rganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha yangi tizim — “Mehr daftari” joriy etilmoqda.

“Yangi O‘zbekistonning nafasi, sur’ati va shiddatini, avvalo, aziz o‘g‘il-qizlarimizning azm-u shijoati, dadil fikr va takliflarida, erishayotgan dastlabki yutuqlarida ko‘raman” deya ta’kidlaydilar muhtaram Prezidantimiz.

Ilhomjon To’xtasinov,
Samarqand davlat chet tillar instituti rektori.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Share:
2021-08-27 18:25:00 126