Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Bugun Samarqand davlat chet tillar institutida “O‘quvchi-talabalar o‘rtasida giyohvandlik va OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda institut rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Vazirlar mahkamasi huzuridagi narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi bo‘lim boshlig‘i Mirzaboy O‘taniyozov, O‘zbekiston IIV Jinoyat qidiruv Bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Ahmadjon Matlubov, O‘zbekiston IIV Jinoyat qidiruv Bosh boshqarmasi bo‘limi xodimlari Shoxrux Jo‘rayev, Fatxulla Azgarov, Samarqand shahridagi Ruhobod jome masjidi imom xatibi To‘lqin Amirov, Samarqand viloyat Narkologiya dispanseri vrachi G‘ulom Ravshanov, viloyat OITSga qarshi kurash markazi bo‘lim mudiri Maysara Jumayeva hamda bir qator professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.

Institut rektori Ilxomjon Tuxtasinov kirish so‘zi bilan tadbirni ochib bergach, tashrif buyurgan mutasaddilar so‘zga chiqishib, XXI asr vabosi nomini olgan OIV infeksiyasining oldini olish va kasallanganlarning hayot sifatini yaxshilash, OITS tarqalishining oldini olish, unga chalingan bemorlarni tibbiy-ijtimoiy muhofazalash, sanitariya-gigiyena madaniyatini yuksaltirish, yoshlarni giyohvandlik va boshqa illatlar taʼsiridan asrash bugungi kunning dolzarb, kechiktirib boʻlmaydigan muammolaridan biriga aylanganligi xususida talabalarga atroflicha ma’lumot berib o‘tishdi.

Ma’ruzalardan so‘ng tadbir ishtirokchilariga IIV tomonidan tayyorlangan mavzuga oid videorolik namoyish etildi. Unda giyohvandlikning salbiy oqibatlari, OITS kasalligining achinarli qirralari, olib borilayotgan profilaktik ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berilgan. Turli shaxslar hayoti tasvirlangan videolavhani barcha yig‘ilish ishtirokchilari katta e’tibor bilan tomosha qilishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-10-20 15:30:00 123