O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 22-noyabrdagi xati ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutida “Biz zoʻravonlikka qarshimiz” shiori ostida talaba-oʻquvchilar oʻrtasida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatini institut yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektori O.G‘aybullayev kirish so‘zi bilan ochib berdi va ishtirok etayotgan mehmonlarni tanishtirib o‘tdi.

Jarayon davomida mas’ullar tomonidan talabalar uchun berilayotgan imkoniyatlar, ijtimoiy hayotimizda bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar to‘g‘risida so‘z yuritilib fikr-mulohazalar almashinildi. Shuningdek, ayrim insonlar tomonidan zo‘ravonlik holatlarining sodir etilishi, ushbu zo‘ravonlik holatiga ko‘plab ayol-qizlarimiz, opa-singillarimiz duch kelayotgani ham ta’kidlab o‘tildi.

Ayollarga qilinayotgan zo‘ravonliklarning huquqiy jihatdan qanday jazolarga olib kelishi va ular har doim mamlakatimiz himoyasida ekanligi haqida talabalarga tushuncha va ko‘rsatmalar berildi. Jarayon so‘ngida o‘zlarining fikr-mulohazlari hamda takliflari bilan faol qatnashgan talabalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-12-03 19:40:00 145