Samarqand davlat chet tillar instituti «Pedagogika va psixologiya» kafedrasi o‘qituvchilari Sh.Jumanov hamda Q.Esanboyevlar joriy yilning 25-oktabr kunida Samarqand shahar 45-sonli matkabga tashrif buyurishib, maktab o‘qivchilariga “Bolalarni ularning sog‘ligiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati haqida tushuntirib o‘tishdi.
Kafedra o‘qituvchilari Sh.Jumanov hamda Q.Esanboyevlar ushbu Qonunning 2-bob 11-moddasi “Ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlarining va ta’lim muassasalarining bolalarni ularning sog‘ligiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari” deb nomlanishi, unda ta’lim muassasalari, professor-o‘qituvchilarning maxsus dastur va uslublar ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishida ishtirok etishi, ta’lim olish va muloqot jarayonida psixologik yordam ko‘rsatishi, yakka tartibdagi profilaktik tadbirlar o‘tkazishi, axborotga oid va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga, ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid faoliyatda ishtirok etishi, ta’lim oluvchilar sog‘ligiga zarar yetkazmaydigan axborot resurslari bo‘yicha ko‘mak berishi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi belgilanganligi to‘g‘risida gapirib o‘tishdi.
Uchrashuv yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha savollar berishdi hamda batafsil javoblar olishdi.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain







