Joriy yilning 28 iyun kuni Janubiy Koreyaning Sun Moon Universiteti xalqaro iqtisod va savdo bo’limi boshlig’i professor Paul NaeJoon Lee va professor Min-Soo Changlar SamDChTIga tashrif buyurdi.
Rasmiy uchrashuvda 2017 yil 11 noyabrda imzolangan ikkala oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida Memorandum ijrosini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. 2018-2019 o’quv yilida bakalavriat, magistratura yo’nalishlarda talabalar almashinuvini yo’lga qoyish, bakalavriat bosqichida 2+2 dasturini, magistratura va doktorantura bosqichlarida 1+1 dasturlarini amalga oshirish borasida hamkorlik Shartnomasini imzolash hamda hamkorlikda darsliklar, o’quv adabiyotlari tayyorlash masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Shuningdek, 2018/2019 o’quv yilida SamDChTIdan bir nafar doktorantni PhD dasturida ta’lim olish va ilmiy-izlanish olib borish uchun Sun Moon universitetiga yuborish bo’yicha kelishuvga erishildi.
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain




