Cooperación del departamento
- 2018 yil 23-26 aprel kunlari Fransiyaning Kan Normandiya universiteti mutaxassisi Senoza Laurent tomonidan institutning fransuz tili yo‘nalishi talabalari hamda fransuz tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari uchun "Fransuz tilini xorijiy til sifatida o‘qitishning interaktiv va zamonaviy metodlari" mavzusida seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi.
- 2018 yil 23-24 aprel kunlari Fransiya elchixonasi bilan hamkorlikda fransuz tili va adabiyoti mutaxassisi Anna-Mari Polo tomonidan mahalliy o‘qituvchilar uchun fransuz tilini xorijiy til sifatida o‘qitish metodikasiga bag‘ishlangan seminar treninglar va mahorat darslari tashkil etildi.
- 2018 yil 26 apreldan 24 mayga qadar Fransiyalik ko‘ngilli fransuz tili va adabiyoti mutaxassisi Anna-Mari Servera tomonidan tarjima nazariyasi va amaliyoti hamda fransuz tili yo‘nalishi talabalari va magistrantlar uchun seminar-treninglar, mahorat darslari tashkil etildi.
- Fransiyaning Kan, Quyi Normandiya universiteti hamda Sorbon universiteti qoshidagi Sivilizatsiyalar va sharqiy tillar Milliy instituti bilan fan, ta’lim, ilmiy tadqiqot, madaniyat va qo‘shma fakultetlar tashkil kabi sohalarda keng qamrovli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish borasida muzokaralar olib borildi va natijada Hamkorlik Memorandumi imzolandi.
- Erasmus+ dasturining Xalqaro kredit mobillik dasturlari doirasida Fransiyaning Versal Akademiyasi bilan hamkorlik qilmoqda.
- 2018 yil 20-27 mart kunlari fransuz tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Pulatova Nigina Aminovna Fransiyaning Kan Universiteti Tillarni o‘qitish fakultetida Evropa Ittifoqi Erasmus+ dasturining Xalqaro kredit mobillik loyihasi doirasida malaka oshirdi va Kan Universiteti talabalariga ma’ruza o‘qidi.
- 2018 yil 10-29 iyun kunlari Evropa Ittifoqi Erasmus+ dasturining Xalqaro kredit mobillik loyihasi doirasida o‘zaro talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi bo‘yicha fransuz tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Qo‘chqorova Sadoqat Toshpo‘latovna Fransiya Kan universitetining Tillarni o‘qitish fakultetida stajirovka o‘tab qaytdi.
- 2018 yilning 21 sentyabridan 2 oktyabrgacha bo‘lgan muddatda Fransiyaning Kan, Quyi Normandiya universiteti hamda Sorbon universiteti qoshidagi Sivilizatsiyalar va sharqiy tillar Milliy institutiga institut rektori I.Tuxtasinov va Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Kiselyov Dmitriy Anatolevichlarning xorij safari amalga oshirildi. Tashrif natijasida ushbu ta’lim tashkilotlari bilan ilm-fan va ta’lim sohasida hamkorlik SHartnomasi imzolandi.
- 2019 yilda "El-yurt umidi" jamg‘armasi stipendiyasi asosida Fransiyaning Parij akademiyasida 1 nafar o‘qituvchi malaka oshirishdi.
- Fransiyaning Puate universiteti prfessori Patrits Naudan tomonidan SamDCHTI fransuz tili o‘qituvchilari va magistrantlari uchun seminar tashkil etildi.
- 2019 yil 29 mart kuni SamDCHTIga Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi madaniy hamkorlik bo‘yicha attashesi Sobxie Gingt tomonidan SamDCHTIning fransuz tili o‘qituvchilari hamda talabalari uchun mahorat darslari tashkil etdi.
- 2019 yil 11 yanvar kuni Fransiyaning Versal akademiyasi vakillari Luc Dall'Armellina, Laurent Alexandre, Pierre Moinardlar bilan SamDCHTIda rasmiy uchrashuv tashkil etildi va o‘zaro hamkorlik ishlari muhokama qilindi.
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
