El Centro de Tecnología de la Información

image

Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi: Ashurov Zafarjon Raxmonqulovich

+998 (66) 210-01-37
samdchti_atm@edu.uz

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 23.05.2001 yilgi qarorini amalga oshirish maqsadida Institut rektorining buyrug’iga asosan “Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi” tashkil etildi. 

 Markazning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Institutda o’quv jarayoniga o’quv texnologiyalarini kiritish.
  • Institutda lokal tarmoq faoliyatini ta'minlash.
  • Institutda ta’lim jarayonini avtomatlashtirish
  • Tarmoqlar, kompyuterlar hamda telekommunikatsiya jihozlari ishlashini ta’minlash .
  • Masofaviy ta’lim va yangi axborot texnologiyalar bo’yicha elektron dasturlar yaratish.
  • Elektron kutubxona yaratish.
  • Institutning xalqaro va mahalliy axborot tarmoqlari va manbalariga bog’lanishini ta’minlash.

SamDChTI axborot texnologiyalar markazi quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:

1. Axborot va texnik ta’minot bo’limi.

2. “O’quv ta’lim resurslari va dasturlash” bo’limi.

 “Axborot va  texnik ta’minot” bo’limining asosiy vazifalari”

  • Tarmoqlar faoliyatini boshqarish;
  • Institut WEB saytini talablar darajasida shakllantirish va boyitb borish;
  • Institutida oquv jarayonini avtomatlashtirish.
  • Internet xizmatini tashkil etish.
  • Internet resurslaridan samarali foydalanishni tashkil etish
  • IP- texnologiyalarini kiritish.
  • Axborot xavfsizligini ta’minlash.

O’quv ta’lim resurslari va dasturlash bo’limining asosiy vazifalari:

  • Institut texnik va operatsion tizim  jixozlarini ta’mirlash va ularga xizmat ko’rsatish;
  • Elektron o’quv darsliklari va virtual stendlar tuzishga va yangilashga ko’rsatmalar berish;
  • Elektron darsliklar, o’quv qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, o’quv rejalari va institut nashrlarining to’plamini tuzish;
  • Elektron darsliklariga taqdimotlar tuzish;
  • O’quv jarayoniga  zamonaviy  axborot va pedagogik texnologiyalarni olib kirish;
  • Masofali ta’lim bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish.

 

 

Raqamli ta'lim texnologiyalari markazining  ish faoliyati

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Mas’ullar

1

Texnik vositalar, dasturiy ta’minotlar, ma’lumotlar bazasini ishchi holatini aniqlash bo’yicha ichki ko’riklarni tashkil etish

Axborot xavfsizligini texnik va dasturiy himoya vositalarini ko’rikdan o’tkazish

RTTM markazi xodimlari

2

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga chora-tadbirlar doirasida amalga oshirilgan ishlar hisobotini kiritib borish

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga chora-tadbirlar doirasida amalga oshirilgan ishlar hisobotini kiritib borish

RTTM markazi

3

Tarmoqning mantiqiy topologiyasini ishlab chiqish

Lokal va korporativ tarmoq topologiyasi/internetga ulanish chizmalarini shakillantirish

RTTM markazi

4

Tarmoqda kiruvchi va chiquvchi ma’lumotlarni nazoratlashni amalga oshirish

Tizimga mos bo’lgan tarmoqlararo ekran,  o’rnatish,  sozlanishlarni amalga oshirish, xavfsizlik qoidalarini yaratish

Tarmoq adminstratori

5

Tarmoq qurilmalari xavfsizligini ta’minlash

Tarmoq qurilmalari (svitch, xab, marshruizator wi-fi router va hok.)da xavfsizlik sozlanmalarini amalga oshirish

RTTM markazi

6

Institutning internetga ulanish tezligini ko’tarish

Tashqi internet tezligini 300 mb/s dan 1000 mb/s ga ko’tarish

 

Moliya va iqtisod ishlari bo’yicha prorektor

RTTM markazi

 

 

7

Yangi mul’timediali o’quv-xonalarini tashkil etish va muntazam ishlashini ta’minlash

Yangi mul’timediali o’quv-xonalarini  tashkil etish

Moliya va iqtisod ishlari bo’yicha prorektor

RTTM markazi

8

Institut hudida Wi-Fi nuqtalarini ko’paytirish va professor o’qituvchilar hamda talabalarning foydalanishiga imkoniyat yaratish

Institut hudida Wi-Fi nuqtalarini 8 tadan 15 taga ko’paytirish

RTTM markazi

9

Ishchi va o’quv xonalarida kompyuter va tarmoq qurilmalari bo’yicha moddiy javobgar shaxslarni tayinlash

Har bir kompyuter bo’yicha moddiy javobgar mas’ul foydalanuvchini biriktirish

Dekanat, kafedra, bo’lim va markaz rahbarlari

10

Istitut rasmiy saytidagi malumotlarni doimiy yangilab borish

Institut veb saytini reytingi ko’tarish

 RTTM markazi

 

 

 

Payariq Xorijiy tillar fakulteti yotoqxonasiga zamonaviy wifi qurilmalari o'rnatildi.

Samarqand davlat instituti Payariq Xorijiy tillar fakultetiga Axborot xavfsizligini taminlash maqsadida yangi server qurilmasi o'rnatildi .

 

Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Pyatigorsk davlat universiteti o’rtasida hamkorlik aloqalari o’rnatildi

Fan, ta'lim, ilmiy-tadqiqot va boshqa sohalarda  hamkorlik aloqalarini o’rnatish maqsadida joriy yilning 27-oktabr kunidan 1-noyabr kuniga qadar institut RTTM boshlig'i Zafar Ashurov va Ingliz tili-I fakulteti dekan o’rinbosari Bekzod Po'latovlar Rossiyaning Pyatigorsk shahridagi Pyatigorsk davlat universiteti hamda Xorijiy tillar va xalqaro turizm institutida bo'ldi.

Jarayon davomida tomonlar o'rtasida hamkorlik aloqalarini muntazam davom ettirish, kelgusida turli xil ta'limga oid loyihalarni amalga oshirish borasida hamkorlik Memorandumi imzolandi. Shuningdek, kompyuter lingvistikasi hamda xalqaro turizm taʼlim yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha taklif va o’zaro tajriba almashinish, o’quv hamda ilmiy sohalarda hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yishga kelishildi.