Talabalar turar joyi – talabaning ikkinchi uyi. Ular o‘zlarini o‘z uyidagidek his qilishi uchun bu yerda shunday sharoitlar yaratilgan. Bu yerdagi qulaylik, shinamlik ular uchun qayg‘urayotgan ustozlar, pedagoglar hattoki, qorovullarning talaba bo‘lib qolgisi keladi. Binoning tashqi va ichkarisi zamon talablariga mos ta’mirlanib, jihozlangan. Texnika va yong‘in xavfsizligi hamda sanitariya holati talabga javob beradi.
Samarqand davlat chet tillar instituti tasarrufidagi talabalar turar joyi faoliyatini doimiy davom etkazmoda. Talabalar turar joyi faoliyatiga oid me’yoriy hujjatlar asosida institutning ichki me’yoriy-huquqiy hujjatlari ishlab chiqilib, tasdiqlangan. Jumladan, talabalar turar joyi nizomi, e’lonlar burchagi, talabalar ro‘yxati, yong‘in xavfsizligi burchaklari mavjud.
Talabalarning yashashi, o‘z ustida mustaqil ishlashi, dam olishi uchun turar joylarda sharoitlar yaratilgan. Talabalar uchun chet tillarni o‘rganish bo‘yicha, shuningdek, sport, san’at va boshqa to‘garaklar faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan,
Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularga shart-sharoit yaratish maqsadida ma’naviyat va ma’rifat xonasi tashkil etilgan. Xonada televizor, kompyuter va stol-stullar mavjud hamda o‘quv zallari tashkil qilinib, ular zaruriy jihozlar bilan ta’minlangan. Shuningdek, dam olish xonasi, xotin-qizlar xonasi, kir yuvish va quritish xonasi, kiyimlarni dazmollash xonasi, oshxona kabi xonalarda barcha maishiy sharoitlar yaratilgan.
Talabalar turar joyida tibbiyot xonalari tashkil qilinib, talabalarga birinchi tibbiy xizmat qo‘rsatilmoqda. Shunigdek, talabalar turar joyida ayollar maslahat xonasi hamda Psixolog xonalari tashkil qilingan. Turar joylarning har bir qavatida hojatxona, issiq suv bilan ta’minlangan dush, yuvinish xonasi mavjud.
Talabalar turar joyida institut axborot resurs markazi ham tashkil etilgan bo‘lib, uch ming (3000)ga yaqin eng muhim badiiy adabiyotlar, vaqtli matbuot nashrlari bilan ta’minlangan. Axborot resurs markazi talabalar turar joyida soat 15:00 dan 21:00 ga qadar ishlaydi.
Anuncio
-
L.F.Rashidovaning " Tarjima nazariyasi va amaliyoti" fanidan ochiq darsi
Leer más → -
X.U.Absalamovning "Chet tilini o‘qitishning integrallashgan kursi " fanidan ochiq darsi
Leer más → -
Samarqand davlat chet tillari institutida 2026-yil may oyida bo'lib o'tadigan malakaviy imtihonlar vaqti va ishtirokchilari ro'yxati e’lon qilindi.
Leer más →
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
























