Janubiy Koreyaning “KOICA” tashkiloti granti asosida Silla universitetida “Korean language and culture experts” kursida ishtirok etish imkoniyati.
Grant kimlar uchun:
Koreys tilini (birinchi yoki ikkinchi til siftida) o’qiyotgan 2-3-kurs bakalavriat hamda 1-kurs magistratura talabalari uchun.
Talablar:
1. Koreys tili bo’yicha til bilish darajasi sertifikati. Minimum TOPIK-3 daraja bo’lishi lozim.
2. Oxirgi uch yilda “KOICA” tashkilotining har qanday grantini olmagan bo’lishi lozim.
Kurs muddat:
2020-yilning iyul-sentabr oylarida
Ariza topshirish muddati:
2020-yil 18-aprelgacha
Talab etiladigan hujjatlar:
1. Xorijga chiqish pasporti (agar mavjud bo’lmasa milliy passport, PDF shaklda);
2. Til bilish darajasi sertifikati (PDF).
Tanlov bosqichlari:
1-bosqichda talabalar so’ralgan hujjatlarini 2020-yil 18-aprelgacha intdep@inbox.ru manziliga yubirishlari kerak.
2-bosqichda talabalar "online" tarzda SamDCHTI koreys tili o'qituvchilari tomonidan suhbatdan o’tkaziladi. (2020-yil may)
2- bosqichdan muvaffaqiyatli o’tgan 1 nafar talaba “KOICA” tashkiloti tomonidan o’tkazladigan tanlovga tavsiya etiladi.
Qo’shimcha ma’lumot uchun:
Tele(fon)gram: +998979198701
E-Mail: intdep@inbox.ru
SamDCHTI Xalqaro hamkorlik bo‘limi
Share:
2020-04-13 12:50:00
102
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch

