Har yili Samarqand davlat chet tillar institutida iqtidorli hamda faol talaba-yoshlarning ilmiy-amaliy konferensiyasi o’tkazib kelinadi. Joriy yilda yurtimizda  pandemiya sababli karantin e’lon qilinganligiga qaramay 15-may kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili-II fakultetida talabalarning an’anaviy XXVI ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasi “ZOOM” dasturi orqali bo’lib o’tdi.

Mazkur konferensiyani  institut rektori IlhomjonTuxtasinov kirish so’z bilan ochib berdi va ishtirokchilarga  muvaffaqiyat hamroh bo’lishini bildirib o’tdi.

Konferensiyaga 100 ga yaqin turli mavzularga bag’ishlangan maqolalar qabul qilindi.  Jarayon 2 qismda tashkil etildi. Birinchi qismda, ya’ni plenar qismda fakultet talabalaridan iborat 12 nafar talabaning ma’ruzalari tinglandi.  Ikkinchi qism esa 4 ta sho’baga bo’lingan holda o’z ishlarini davom ettirdi. Sho’balarda ham ilmga chanqoq talabalarning ma’ruzalari tinglanib, savol-javobga boy tarzda o’tkazildi.

Mazkur konferensiyada tinglangan maqola hamda tezislar xorijiy tillarni o’rganish va o’rgatishdagi muammolar, xorijiy tillarni o’rganishning soddalashtirilgan yo’llari, talabalar tomonidan yaratilgan innovatsion dasturlar hamda ularning talaba-yoshlarda til o’rganishga bo’lgan ko’nikmlarini mustahkamlashga qaratilgan bo’lib, ular bo’yicha talabalar o’rtasida turli fikr-hamda mulohazalar almashinildi.

Onlayn konferensiyada ishtirok etgan barcha magistrlar va talabalar sertifikat bilan taqdirlanadilar.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

________
SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2020-05-16 13:15:00 99