Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi 2020-2021 oʼquv yili uchun umumtaʼlim maktablarining 9-sinf iqtidorli bitiruvchilarini tanlov asosida quyidagi yoʼnalishlar boʼyicha oʼqishga qabul qilinadi:
1) Xorijiy tillar oʼzbek guruhi (ingliz, nemis, fransuz tillari);
2) Xorijiy tillar rus guruhi (ingliz tili);
3) Sharq tillari (koreys, yapon, xitoy, arab tillari);
4) Ijtimoiy-gumanitar fanlar;
5) Аniq fanlar (iqtisod);
6) Аniq fanlar (texnika);
SamDChTI akademik litseyi joriy yilning 11-mayidan 10-iyuniga qadar umumiy oʼrta taʼlim maktablarining bitiruvchi iqtidorli 9-sinf oʼquvchilari uchun yoʼnalishlar boʼyicha chuqurlashtirib oʼqitiladigan fanlar xorijiy (oʼquvchining xohishiga koʼra ingliz, nemis, fransuz) tillar, rus tili va adabiyot, ona tili va adabiyot, tarix, matematika, fizika fanlaridan akademik litseyga oʼquvchilar qabuli uchun dastlabki masofaviy test sinovini oʼtkazadi.
Yuqoridagi bildirilgan taʼlim yoʼnalishlariga oʼqishga topshirish istagi boʼlgan 9-sinf bitiruvchilari aniq fanlar (texnika) yoʼnalishidan tashqari barcha yoʼnalishlarda test savollarini oʼzlari xohlagan xorijiy til yoki umumtaʼlim maktabida oʼqigan xorijiy (ingliz, nemis, frantsuz) tilida topshirishlari mumkin.
Oʼquvchi dastlabki masofaviy test sinovini topshirishga kirishishdan avval test topshirish yoʼriqnomasi bilan tanishishi hamda tanlagan yoʼnalishi tarkibidagi chuqurlashtirilgan fanlarga qiziqishi va iqtidorini hisobga olishlari tavsiya etiladi.
Oʼquvchi test topshirishidan avval dasturda soʼralayotgan maʼlumotlarni aniq va toʼliq kiritilishiga shuningdek telefon raqami kiritilayotganda imkon qadar telegrami mavjud raqamni kiritilishi soʼraladi.
Tanlovning dastlabki bosqichi joriy yilning 11-maydan 10-iyuniga qadar onlayn shaklda www.samdchti-al.uz internet sayti va @samdchtial_test telegram kanalimiz orqali boʼlib oʼtadi. Dastlabki tanlovdan (60 baldan yuqori toʼplaganlar) muvaffaqiyatli oʼtgan oʼquvchilarga maxsus sertefikat telegram yoki elektron pochtasiga yuboriladi. Sertefikat olgan oʼquvchilar 20-iyundan 30-iyungacha onlayn shaklda @davlatbek yoki @Abdullayev_Utkir telegram manzillariga xujjatlarini (xxx.pdf shaklda yoki xxx.jpg rasm koʼrinishida) yuborilishi soʼraladi.
Oʼtkazilgan dastlabki test sinov natijalari 11-iyun kuni litseyning www.samdchti-al.uz sayti orqali eʼlon qilinadi. Saralash imtixonlari oʼtkazish vaqti joriy yilning 10-iyulidan 25-iyuligacha oʼtkazilishi rejalashtirilgan boʼlib, aniq vaqt qoʼshimcha ravishda maʼlum qilinadi.
Аkademik litseyda maxsus sertefikatga ega boʼlgan Respublikamiz va xorijlik yuqori malakali oʼqituvchilar dars mashgʼulotlarini xalqaro standartlar asosida olib borishadi. Bundan tashqari oʼquvchilarimiz CEFR, IELTS, FIT IN DEUTSCH xalqaro sertefikatlarga ham ega boʼlishmoqda. Sharq tillari boʼyicha oʼqishni tamomlaganlar xorijiy tillar boʼyicha ijodiy imtihon toshirish imtiyoziga ega boʼladilar.
Iqtidorli oʼquvchilar uchun “REKTOR STIPENDIYASI” joriy etilgan.
Uzoq tumandan kelgan oʼquvchilar yotoqxona hamda 3 mahal imtiyozli ovqat bilan taʼminlanadi.
Oʼqish muddati 2 yil.
Qoʼshimcha maʼlumotlarni «www.samdchti-al.uz » saytidan olishingiz mumkin.
Manzil: Samarqand shahri, Аlisher Navoiy koʼchasi, 57-uy.
Moʼljal: Universitet xiyoboni (bulvar), SamDU fizika fakulteti orqa tomoni, “Savdogar bank” yonida joylashgan.
Telefonlar: +998905031725, +998911879441, +998933557573, +998662331154
________
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch

