Samarqand davlar chet tillar instituti

SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI

REKTORI ILXOM MADAMINOVICH TUXTASINOVNING AXBOROT

XIZMATI XODIMLARI VA JURNALISTLARGA

TABRIGI

Yurtimizda faoliyat ko’rsatib kelayotgan barcha jurnalistlar, matbuot kotiblari (axborot xizmati rahbarlari), gazeta va jurnallar, tele-radiokanallar, nashriyot va matbaa korxonalari fidoyilarini, muhtaram faxriylarni 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etgan holda, sizlarga oʼzimning chuqur hurmat-ehtiromimni bildirishga ruxsat bergaysizlar.

Kundalik hayotimizning ajralmas qismi boʼlgan ommaviy axborot vositalari haqida soʼz yuritganda, biz, avvalo, doimo yangilik izlab, yangilikka intilib, hayotning qaynoq nuqtalariga kirib boradigan, xolislik va haqqoniylik, Vatan va xalq manfaatlarini birinchi oʼringa qoʼyadigan olijanob va masʼuliyatli kasb egalarini tasavvur qilamiz.

“Butun mamlakatimiz qatori Oʼzbekiston ommaviy axborot vositalari ham mustaqillik yillarida katta rivojlanish yoʼlini bosib oʼtganini barchamiz yaxshi bilamiz va bunday yutuqlar bilan haqli ravishda faxrlanamiz.

Eng tezkor axborot vositasi – Internet hayotimizga tobora chuqur kirib borayotganini alohida qayd etish lozim. Hozirgi vaqtda global tarmoqda Uz domenli veb-saytlar, axborot portallari soni 400 dan oshib ketgani, ularning aksariyati xorijiy tillarda faoliyat koʼrsatayotgani, ushbu yoʼnalishda yangi ijodiy avlod – Internet jurnalistlari shakllanib borayotgani eʼtiborga sazovordir.

Аlbatta, bunday natijalarga erishishda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish masalasi davlatimiz va jamiyatimizning doimiy diqqat markazida boʼlib kelayotgani hal qiluvchi rol oʼynamoqda. Аna shunday eʼtibor tufayli oʼtgan davrda jurnalistlarimiz uchun faoliyat maydonini kengaytirish, ularning huquq va manfaatlarini taʼminlash maqsadida koʼp ishlar qilindi. Jumladan, matbuot va ommaviy axborot vositalarini liberallashtirish va rivojlantirish, soʼz erkinligini taʼminlashga qaratilgan, demokratik talab va standartlarga toʼla javob beradigan 10 ga yaqin qonun hujjati qabul qilinib, bu borada mustahkam huquqiy baza yaratildi, — deya ta’kidlaydilar muhtaram Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev.

Ijod va tafakkurning taʼsirchan muhitida shakllanib, el-u xalqimizning manfaati, kelajagini koʼzlab amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonini yoritishda muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganlaridek, "Ommaviy axborot vositalari soʼzda emas, amalda "toʼrtinchi hokimiyat" darajasiga koʼtarilishi zarur. Bu — zamon talabi, islohotlarimiz talabi» degan fikrlariga monand faoliyat yuritmoqdasiz.

Buyuk va muqaddas Vatanimiz — mustaqil Oʼzbekiston bugun oʼz mustaqil yoʼli, oʼz soʼzi bilan dunyo hamjamiyati orasida oʼziga xos mustahkam nufuz hamda mavqega ega. Shu nuqtayi nazardan, mamlakatimizda olib borilayotgan odilona va xalqparvar siyosatni targʼib etadigan qalam ahlining Oʼzbekiston taraqqiyotidagi ulushi salmoqli, sharafli xizmatlari esa samimiy ehtiromga loyiq. Mustaqilligimizning ilk yillaridanoq milliy matbuotimizning zamonaviy tamoyillar va davr taqozo etgan talablar asosida tubdan yangilanishi, taraqqiy etishi uchun mustahkam huquqiy asoslar va qulay muhit yaratildi.

Zamonaviy milliy jurnalistika maktabini yaratish koʼp jihatdan, avvalo, yuksak maʼnaviy-intellektual salohiyatga ega boʼlgan, bugungi kun talablariga javob beradigan malakali kadrlarni tarbiyalash bilan chambarchas bogʼliqdir. Bu borada 2020-yilda Samarqand davlat chet tillar institutida xalqaro jurnalistlarni tayyorlaydigan ta’lim yo’nalishi ham ochildi. Ushbu yo’nalishga 25 nafar abituriyent talabalikka qabul qilinadi. Respublikamizda turzim markazlarining ko’pligi, xususan, Samarqand shahri turizm shahri ekanligini inobatga oladigan bo’lsak, yurtimizga tashrif buyurayotgan xorijlik mehmonlarimizga milliy madaniyatimiz hamda urf-odatlarimiz, me’moriy yodgorliklarimiz to’g’risida aniq hamda batafsil ma’lumotlarni yetkazishda bir nechta xorijiy tillarni mukammal biladigan xalqaro jurnalistlarning o’rni ahamiyatlidir. Biz, albatta, bo’lg’usi xalqaro jurnalistlarimizni xorij tajribasiga ega hamda ular bilan hamkorlikda ishlay oladigan darajada yetishtirib chiqaramiz.  O’ylaymanki, bunday mehnatlar samarasi o’laroq siz jurnalistlar va axborot xizmati xodimlarining hamkorliklari biz uchun juda katta ahamiyatga egadir.

Har qanday kasb ezgulikka xizmat qilar ekan, shubhasiz, xalq nazarida ulugʼvor, jamiyat hayotida qadrlidir. Shu maʼnoda, zimmangizdagi ulkan va zahmatli mehnatni ulugʼlab, shu kasbdan qadr va sharaf topib yurganingiz Sizga Yaratganning inoyatidir.

Siz azizlarni kasb bayramingiz bilan yana bir bor qutlar ekanman, kasbingizdan doimo baraka topib yuring, el nazaridan qolmang, deyman. Oilangizdan farovonlik, dasturxoningizdan toʼkin-sochinlik arimasin.

Barchangizga Vatanimiz ravnaqini, farzandlar kamolini koʼrib yashash nasib etsin.

_________
SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2020-06-27 07:30:00 108