Bugun, ya’ni 29-iyun kuni Samarqand davlat chet tillar institutida an’anaviy tarzda o’tkazilib kelinayotgan “Madaniyatlararo muloqot O’zbekiston turizm nigohida: tajriba, dolzarb muammolar va istiqbollar” mavzusida bo’lib o’tgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada, asosan, xorijiy davlatlardan Fransiya, Ispaniya, Belgiya, Germaniya, AQSH, Angliya, Xitoy, Janubiy Koreya, Misr Arab Respublikasi hamda Tojikiston singari davlatlardan ko’plab professor-olimlar, madaniyat va turizm sohasi vakillari, muzeyshunoslar, ilmiy tadqiqotchilar va xorijiy til bo’yicha mutaxassislar ishtirok etishdi.
Shuningdek, xalqaro anjuman doirasidagi masalalar muhokamasiga bag’ishlangan 200 ga yaqin ilmiy maqola kelib tushgan. Shulardan 20 dan ortiq ma’ruzalar xorijiy ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan.
Mazkur anjumanni o’tkazishdan asosiy maqsad O’zbekistonning boy madaniy merosini dunyoga tanitish va unda madaniyatlararo muloqot taraqqiyotining til, madaniyat va tarix bilan bog’liq ilmiy va nazariy asoslari, shuningdek, turizm sohasi vakillarining tilga xos va ijtimoiy-madaniy muloqot salohiyatini rivojlantirish hamda madaniyatlararo muloqotning arxeologik aspektini o’rganishning nazariy va amaliy asoslarini muhokama qilishdan iboratdir.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch















